Attestatsiya, milliy sertifikat va abituriyent testlari, titul va OMR skaner
RashScore test varaqalarini avtomatik skanerlaydi, natijani Rasch modeli asosida hisoblaydi va bulutda saqlaydi. Natijani aniqlash uchun bitta rasm yetarli.
Tezkor OMR skanerlash
Javob varaqasini telefonda suratga oling yoki PDF yuklang — tizim bir necha soniyada tekshiradi, internet bo‘lmasa navbatga qo‘yadi.
Rasch modeli bo‘yicha baholash
Har bir savolning qiyinligi barcha javoblar asosida avtomatik hisoblanadi — ball faqat to‘g‘ri javoblar soniga emas, savollar qiyinligiga ham bog‘liq.
Onlayn quiz
O‘qituvchi test tuzadi va vaqtini belgilaydi, o‘quvchilarga bildirishnoma boradi. Yakunda natijalar reyting jadvalida e’lon qilinadi va sertifikat beriladi.
Testlar banki
Mavzulashtirilgan savollar banki: Excel’dan import, formulalar, jadvallar va grafiklar, bankdan bir necha daqiqada test tuzish.
O‘quv markazlari uchun
Markaz o‘qituvchilari, o‘quvchilari, to‘lovlar va tahlil bir joyda. Natijalarni Excel va PDF ko‘rinishida yuklab olish.
Pedagoglar attestatsiyasi
O‘qituvchilar uchun 50 savollik attestatsiya testlari: mutaxassislik fani, kasb standarti va pedagogik mahorat, 100 ballik natija va xatolar tahlili.
Milliy sertifikat va abituriyentlar
Fanlar bo‘yicha onlayn testlar va test to‘plamlari — milliy sertifikat va kirish imtihonlariga tayyorgarlik.